ENERGETIC BOYS terma jamoasi shakllantirildi


       Joriy yilning 16-oktyabr kuni universitetimizning “Qishloq va suv xoʻjaligi energiya taʼminoti” fakultetida  "Yoshlar ittifoqi" ,fakultet tyutorlar jamoasi, fakultet faollari, hamda dekan muovini I.Buxorov  tomonidan 2-bosqich talabalari oʻrtasisida  "Dekan kubigi" futbol musobaqasi boʻlib oʻtdi. Oʻyin qizgʻin, murosasiz boʻlishiga qaramay tashkilotchilar nazoratni saqlab tura olishdi. Musobaqada 201-guruh 3-oʻrin 202-guruh 2-oʻrin 209-guruh 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi. Oʻzini koʻrsata olgan futbolchilar  "ENERGETIC BOYS" nomi ostida fakultet sharafini himoya qilish uchun  terma jamoaga qabul qilinib,  yoʻllanmani qo'lga kiritishdi.  Talabalar bu musobaqadan madaniy hordiq olgan holda, dam olish kunlari yana tashkillashtirishni soʻrashdi. Shu bilan talabalar minnatdor boʻlib uyga ketishdi.